Senat Raisi Qashqadaryo viloyatining bir qator tuman va shaharlarida aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Joriy yilning 13-14-aprel kunlari Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Qarshi va Gʻuzor tumanlarida boʻlib, mahalliy Kengash deputatlari, faollar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, nuroniylar, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, talaba-yoshlar, oʻqituvchi-professorlar hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati, unga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyati tushuntirilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oʻzgarish va rivojlanishlar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan muhim normalar, jumladan, yoshlar, oʻqituvchilar, oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, ularni majburiy mehnatga jalb etishga qoʻyilgan taqiqning Bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qoʻyilayotgani yuzasidan fikr almashildi.
Oʻz navbatida, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilishida yoshlar ham faol takliflar yuborgani, bildirilgan takliflarning 60 foizi yoshlarga tegishli boʻlgani alohida taʼkidlandi.
Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputatlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Senat va mahalliy Kengashlarning oʻzaro hamkorligi, mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarda ularning roli, yangi tahrirda ishlab chiqilgan xalq Konstitutsiyasiga boʻlgan ehtiyoj, unga kiritilgan yangi normalarning mazmun-mohiyati, ularni keng jamoatchilik, aholi vakillariga tushuntirish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashilib, ularga zarur taklif va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, Senat Raisi viloyatning ijtimoiy obyektlari, xususan, Qarshi shahridagi imkoniyati cheklanganlar uchun “Imkon” davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1-sonli ixtisoslashgan maktab internati, yuzlab aholiga kasb-hunar oʻrgatib kelayotgan monomarkazda oʻqituvchi va oʻquvchilar, mutaxassislar, aholi vakillari bilan suhbatlashib, islohotlarning bosh maqsadi inson va uning qadrini ulugʻlashga, xalqimizning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilganini alohida taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring