Senat Raisi kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi portlash oqibatida zarar ko‘rgan hamyurtlarimizga hamdardlik bildirdi

11:26 29 Sentyabr 2023 Siyosat
2362 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga binoan holat bo‘yicha zudlik bilan Hukumat komissiyasi ish boshladi. Hozirda komissiya holat sabablarini o‘rganish va talafotlarni bartaraf etish, jumladan jabrlanganlarga har taraflama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ishonamizki, tez fursatlarda xodisa oqibatlari to‘liq bartaraf etiladi. Fursatdan foydalanib, bunday og‘ir damlarda matonat ko‘rsatayotgan qutqaruvchi – harbiylarimizga (FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari ), shifokorlarimizga, qolaversa, jablanganlarga beminnat yordam qulini cho‘zayotgan fidoyi hamyurtlarimizga hamda volontyorlik harakatiga barcha senatorlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер