Senat Raisi Xorazm viloyatida boʻldi

2023-yil 25-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida, shuningdek, Yangibozor, Xiva va Gurlan tumanlarida boʻldi.
Senat Raisi viloyatga tashrifi doirasida mahalliy Kengash deputatlari, viloyat faollari, mahalla “beshligi”, oqila ayollar, tadbirkorlar, talabalar, professor-oʻqituvchilar, nuroniylar, aholi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muloqotlar davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan normalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlarni rivojlantirishda jamoatchilik vakillarining oʻrni, aholiga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, mahalliy Kengashlar deputatlari va faollar, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabalari va professor-oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda Senat Raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ayrim normalariga, jumladan Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi, davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi belgilab qoʻyilayotganiga alohida toʻxtaldi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti tugatilyapti, bu mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oshirishga va hududlarda xalq manfaatlarini toʻliq taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, uchrashuvda soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan aholini bepul tibbiy xizmat va dori-darmonlar bilan kafolatli taʼminlash tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, ushbu normalar ijtimoiy davlat modelini amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham oʻz aksini topayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga mahalla faollari va tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotlarda, xususan, “Ochaqalʼa” mahallasida faoliyat yurituvchi “beshlik”, ushbu mahalladagi faollar, xotin-qizlar va nuroniylar, yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirish sohalariga ham yangilanayotgan Konstitutsiyada alohida eʼtibor qaratilayotgani, Konstitutsiya bilan davlat tomonidan bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, qulay ishbilarmonlik muhitini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligini himoya qilish mexanizmlari kuchaytirilayotgani eʼtirof etildi.
Shuningdek, Senat Raisi “Lola” davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti, “Gurlan sport majmuasi”, ip kalava ishlab chiqarish korxonasi hamda Urganch shahridagi xususiy klinika faoliyati bilan ham tanishib, ular bilan suhbatlar oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring