Senat Raisi YEXHTning amaldagi raisi bilan istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 3-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi, Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Senat Raisi T.Narbayeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari va parlamentlararo hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Jumladan, Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi uzoq yillik doʻstona munosabatlar, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-madaniy va parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilganiga alohida urgʻu berildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning YEXHT bilan hamkorlik masalalariga, tashkilot loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Muloqot davomida istiqboldagi rejalar va loyihalar ham muhokama qilinib, hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring