Senat qoʻmitasi tomonidan aholini pestitsidlarning zararli taʼsiridan himoya qilishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan aholini pestitsidlarning zararli taʼsiridan himoya qilishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tegishli doimiy komissiyalari aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi masʼul xodimlari va ekspertlari, vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda pestitsidlarning turlari, qoʻllanilishi va milliy meʼyoriy bazasi, pestitsidlarning inson salomatligiga taʼsiri, pestitsidlarning atrof-muhit va oziq-ovqat mahsulotlarida monitoringi kabi masalalar muhokama qilindi.
Xususan, pestitsidlarning inson salomatligiga taʼsiri yoʻllari (suv, oziq-ovqat orqali, pestitsidlarni qoʻllash jarayonida, idish va konteynerlar orqali va boshqa.), uning oqibatida kelib chiqayotgan kasalliklar, ularga qarshi kurashish xorijiy tajribasi koʻrib chiqildi.
Ishtirokchilar tomonidan ayrim pestitsidlarning saraton bilan bogʻlanganligi bilan aniq dalillarning borligi, shu sababli pestitsidning zararli taʼsiridan himoyalanish maqsadida mablagʻ talab qilmaydigan tavsiyalarni aholiga yetkazish, jumladan, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, pestitsidlarni toʻgʻri saqlash va utilizatsiya qilish, mevalar va sabzavotlarni puxta yuvib isteʼmol qilish zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida pestitsidlarning inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring