Senat qoʻmitasi aholiga transport xizmatlari koʻrsatish holatini tahliliy muhokama qildi

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugungi taraqqiyot va rivojlanish davrida aholiga avtotransport xizmatini koʻrsatishni yaxshilash, jamoat transporti yoʻnalishlari tarmogʻini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy shaklga oʻtkazish, yoʻlovchi tashish sifatini yaxshilash dolzarb masala hisoblanadi.
Joriy yilning 21-noyabr kuni Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda aholiga transport xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Unda Senat aʼzolari, mahalliy kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, ekspert va mutaxassislar, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab, Transport vazirligi masʼullari sohada amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishtirdi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, Internet jahon axborot tarmogʻida Toshkent shahrida avtobuslarning harakat nuqtasini kuzatish maqsadida “Toshkent transporti” mobil ilovasi ishga tushirilgan.
Shu bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlarining oraliq intervallari qisqartirilib, zamonaviy yangi metro bekatlari foydalanishga topshirilgan. Avtobuslar harakati uchun alohida yoʻlaklar tashkil etildi hamda avtomatlashtirilgan toʻlov tizimlari joriy etilgan.
Oʻtgan vaqt davomida xalqaro va mahalliy havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi va yuklarni tashish sertifikatiga ega boʻlgan “Qanot sharq”, “Panorama airways”, “Humo air”, “Centrum air”, “Silk avia”, “Asia Union Airlines” va “Tashkent air” kabi aviakompaniyalar tashkil etilgan hamda xalqimizga xizmat koʻrsatishni boshlagan.
Munozaralar jarayonida sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga, aholiga transport xizmatlarini koʻrsatish sohasida oʻz yechimini kutayotgan bir qator masalalarga ham eʼtibor qaratildi.
Jumladan, Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, transport xizmatlarini koʻrsatishda kamchiliklar boʻyicha aholi tomonidan 252 ta murojaat kelib tushgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari hududlarida jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimlari joriy etilmagan.
Bundan tashqari, yoʻlovchi tashuvchi jamoat transportlari, avtoshohbekatlarda nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun avtotransport vositalariga chiqish uchun maxsus moslamalarning oʻrnatilmaganligi, temir yoʻl xizmatlari koʻrsatishda kamchiliklar mavjudligi jamoatchilik va aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Muhokamalar jarayonida Senat aʼzolari, deputatlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlarini yanada takomillashtirish uchun zarur choralar koʻrilishi yuzasidan aniq taklif va tegishli tavsiyalar berildi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring