Senat Eron bilan mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etilgan Oʻzbekiston va Eron fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni oʻz mamlakatida oʻtashlari uchun huquqiy asos va mahkumlarni topshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Taʼkidlash joizki, Shartnoma 2023-yil 18-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Hujjatga koʻra, mazkur Shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshiradi.

Muhokama chogʻida senatorlar mahkumlarga jazoni oʻz yurtida oʻtashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam koʻrishib turish imkonini berishini, bu esa oʻz navbatida oilaviy munosabatlarga ijobiy taʼsir koʻrsatishini, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishini alohida qayd etdilar.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring