“Scorpion” filmiga qancha pul ketgani maʼlum boʻldi
Rejissyor 2018-yilda byudjeti shov-shuvlarga sabab boʻlgan “Scorpion” filmiga ketgan xarajatlarni oshkor qildi.
“1 mln dollar deb kamaytirib yubordingiz. 5 mln dollar, 44 mlrd soʻm sarflangan, bu Yoshlar Ittifoqining loyihasi, pullar qayoqqa ketdi, deyishgandi. Men hatto sizga hisobotlarni koʻrsatishim mumkin. Aynan Yoshlar Ittifoqidan 900 mln. soʻm olingan. Loyihaning Davlat byudjetiga umuman aloqasi yoʻq.
“Oʻzbekkino” Milliy Agentligidan bir soʻm ham olinmagan. Loyihaga katta masshtab berilishi Mudofaa vazirligi bilan qoʻshma kelishuv imzolanganidan soʻng boshlandi. Vazirlik vertolyot boʻladimi, otishma sahnalarida foydalaniladigan oʻqlar boʻladimi, barchasini begʻaraz taqdim etdi.
Loyihada Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va MTRKning katta hissasi bor. Qoʻshma qarorga koʻra, Milliy teleradiokompaniya reklama masalasida katta yordam bergan. Bu oʻziga xos prodyuserlik usuli boʻlgan. Bularning barchasi umumiy til topishga bogʻliq.
Toʻgʻri, masalan, umumiy xarajatlarni dollarda hisoblasak, 1 mln dollardan oshishi mumkin, biroq uni 5 mln. dollarlik film darajasiga koʻtarishgani ajoyib. Film ortida turgan prodyuserimizga rahmat deyman”.
Muxlisa Azizova “Scorpion” filmi byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilishganini qoʻshimcha qilgan:
“Rossiya kinosanoatida Janik Fayziyev degan mashhur prodyuser bor. Prologue-2018 ochilish marosimida “Scorpion”ning ham premyerasi boʻlgan. Janik Fayziyev Rossiya hisobi bilan olganda ushbu film byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilgandi. Professional prodyuserga haqiqiy byudjetni aytganimda shok holatiga tushdi. Soʻmda hisoblaydigan boʻlsak, film byudjeti 4,5 mlrd soʻmga ham yetmagan”.
Maʼlumot uchun, Muxlisa Azizova 1987-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. U “Geolog – oʻlimdan kuchli” filmi gʻoyasi muallifi, “Dunyo qirgʻogʻi”, “U” va “Scorpion” filmlari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring