Sayohat: Onadoʻlining sirli xazinalari
Turkiyaning madaniy jozibadorligining muhim qismini tarix davomida Onadoʻli yarim orolida hukmronlik qilgan koʻplab sivilizatsiyalar izlarida koʻrish mumkin. Xettlar ushbu oʻziga xos madaniy mozaikaning ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, Onadoʻlining ilk kuchli va nufuzli imperiyasi edi. Eng qadimgi tinchlik shartnomasini va ilk sevgi sheʼrini oʻz ichiga olgan merosga ega Xettlar jahon tarixining muhim ustunlaridan biri hisoblanadi. Ulkan Xett imperiyasi hududlari hozirgi Onadoʻli boʻylab keng yoyilgan va Xett xarobalari Turkiyaning Markaziy Onadoʻli mintaqasidagi Chorum viloyati chegaralarida joylashgan. Xett yoʻli Turkiyada kam oʻrganilgan yurish yoʻli boʻlsa-da, Xett sivilizatsiyasining tarixiy manzilgohlarini kashf qilish va uning boy madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bu qudratli imperiya oʻzining 450-yillik hukmronligi davomida insoniyat tarixi va madaniyatiga behisob hissa qoʻshdi.
Xettlarning bronza davri merosi: Alajahoʻyuk

Uzunligi 385 kilometr boʻlgan Xett yoʻlida bir-biridan taxminan 236 kilometr masofada joylashgan 17 ta piyoda yurish yoʻllari va togʻ velosiped yoʻllari kabi oltita muqobil yoʻnalish mavjud. Marshrutning asosiy nuqtalari Xett poytaxti Xattusa, imperiyaning eng yirik shahri Alajahoʻyuk va Onadoʻlining birinchi harbiy va maʼmuriy markazi Sapinuva. Yoʻlning oʻzagini Bogʻazkale-Xattusa-Sapinuva, Alajahoʻyuk-Alaja-Sapinuva va Bogʻazkale-Alajahoʻyuk yoʻnalishi tashkil qiladi. Alajahoʻyuk, Bogʻazkale va Injesu yoʻnalishida yaxshi jihozlangan mehmonxonalar, bungalovlar (bir qavatli uy), yotoqxonalar va lager kabi turar joy turlari mavjud. Xett yoʻlida yovvoyi tabiat va tarixiy yodgorliklarni koʻrish imkoniyati, kanyon yurish yoʻllari mavjud, shuningdek, Chorumga xos taomlar juda koʻp.
Alajahoʻyuk Chorumning uchta muhim Xett shahridan biri va Xett yoʻlining boshlangʻich nuqtasidir. Turkiyaning ilk milliy qazishma ishlari olib borgan hududlaridan biri va bronza davri arxeologiyasiga qiziqqan har bir kishi tashrif buyurishi kerak boʻlgan joy boʻlib, hududda 6000-yildan koʻproq vaqtdan hayot mavjud. Uning xazinalari Xett davrlariga borib taqaladi. Alajahoʻyukdagi Xett aholi punktlari keng mudofaa tizimlari va bosqinlarning oldini olish uchun qurilgan kuchli darvozalari bilan diqqatni tortadi. Sfenks darvozasi shaharning ikkita asosiy kirish darvozalaridan biri boʻlib, minoralar, tosh bloklar va tashqi devorida oʻyma naqshlar mavjud. Alajahoʻyuk haqidagi toʻliq maʼlumotni Anqaradagi Onadoʻli sivilizatsiyalari muzeyidan topish mumkin. Muzeyda shaharning eng muhim topilmalari, jumladan, Xett sivilizatsiyasi va sanʼatining timsoli hisoblangan Sfinks darvozasining asl bezaklari va qirollik qabrlaridan topilgan qabr sovgʻasi boʻlgan kumush naqshli bronza kiyik haykalchasi, Xett davriga oid kumush naqshli bronza buqa haykalchasi kabi noyob antik davr xazinalari mavjud.
Qadimgi Xett poytaxti: Xattusa

Manzilning keyingi bekati Bogʻazkale tumanida joylashgan Xattusa shahridir. Shahardan topilgan 30 000 ta loy lavhaning koʻpchiligida “Mingta xudolar shahri” nomi bilan tilga olingan Xattusa 450-yil davomida Xett sivilizatsiyasining poytaxti boʻlgan va YUNESKOning Jahon madaniy merosi hamda YUNESKO “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan. Kadesh tinchlik shartnomasi loy lavhalar orasida maʼlum boʻlgan qadimgi tinchlik shartnomasi boʻlib, ushbu lavhalar hozirda Istanbul arxeologiya muzeylaridan Qadimgi Sharq sanʼati muzeyida saqlanmoqda. Uzoqdan qaralganda atrofi yashillik bilan oʻralgan ulkan tosh jumboqni eslatuvchi Xattusa, shubhasiz, ibodatxona xarobalari, monumental darvozalari, qirollik binolari va shahar devori qoldiqlari bilan diqqatga sazovor ochiq osmon ostidagi muzeydir. Eng muhim inshootlardan biri boʻron xudosi Teshub va quyosh maʼbudasi Arinnaga bagʻishlangan Buyuk ibodatxonadir. Shaharga kirishni taʼminlovchi Sfinks darvozasi va Qirol darvozasi kabi haybatli monumental darvozalar ham xarobalar orasidagi ramziy yodgorlikdir.
Qadimiy Xattusa shahridan qazib olingan artefaktlar va yodgorliklar Anqara Onadoʻli sivilizatsiyalari muzeyi va Bogʻozkoʻy muzeyida namoyish etiladi.
Xettlarning diniy markazi: Sapinuva

Xett yoʻlidagi soʻnggi bekat - Sapinuva. Bugungi Oʻrtakoʻy tumanida joylashgan shahar siyosiy va geografik joylashuvi tufayli Xettlar davrida muhim harbiy va diniy markaz boʻlgan. Sapinuva keng qamrovli shahar boʻlib, unda ikkita boʻron xudosi nomiga alohida qurilgan ikkita ibodatxona va malika saroyi va armiya qoʻmondonligi kabi muhim muassasalar joylashgan. Bundan tashqari, shaharda 4000 ga yaqin Xett mixxat lavhalari topilgan. Xett sivilizatsiyasiga oid muhim hujjat hisoblangan ushbu lavhalar hozir Chorum arxeologiya muzeyi kolleksiyasining bir qismidir. Sapinuva yaqinidagi Alaja chay vodiysi va İnjesu kanyoni tashrif buyurishga arzigulik maskanlardan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring