Sayohat maqsadida Oʻzbekistonga kelgan xorijliklar soni ochiqlandi
2025-yilning yanvar sentyabr oylarida qariyb 1,4 million nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning 9 oyida Oʻzbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- Rossiya — 269 158 nafar;
- Turkmaniston — 193 635 nafar;
- Qozogʻiston — 143 898 nafar;
- Xitoy — 117 864 nafar;
- Qirgʻiz Respublikasi — 114 005 nafar;
- Tojikiston — 84 696 nafar;
- Turkiya — 50 976 nafar;
- Italiya — 32 635 nafar;
- Hindiston — 32 254 nafar;
- Germaniya — 29 632 nafar;
- Koreya — 26 832 nafar;
- AQSH — 23 630 nafar;
- Boshqa davlatlar — 255 855 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 506 ming nafarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring