Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 2023-yilning 23-apreliga qadar davom etadigan birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Biyennaleda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekistonning boy Islom madaniyatini xalqaro jamoatchilikka keng yoritib beruvchi qadimiy oʻlka turmush tarzi va gazlama matolari jilosini oʻzida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyolari taqdim etilmoqda.
Koʻrgazma VIII asrga oid muborak Katta Langar Qurʼoni, X-XII asrlarga taalluqli Samarqand va Afrosiyob sopol koʻza va kosalari, mashhur muhaddis al-Buxoriyning XVII asrga mansub “as-Sahih” kitobi nusxasi, Buxorocha erkaklar toʻnlari va poyabzallar hamda boshqa buyumlardan iborat.
Islom sanʼati biyennalesi Diriya biyennale jamgʻarmasi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring