Saudiya Arabistoni BRICSga aʼzolik masalasini oʻrganishda davom etmoqda
Foto: РИА «Новости»
Saudiya Arabistoni BRICSga aʼzolik masalasini haligacha oʻrganmoqda, mamlakat imtiyozlarni baholamoqda va shundan soʻng qaror qabul qiladi. Bu haqda “Reuters” vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.
“Saudiya Arabistoni oʻtgan yili guruhga aʼzo boʻlish taklifini olganidan keyin ham BRICS blokiga aʼzo boʻlish taklifini koʻrib chiqmoqda”, — deyiladi agentlik bayonotida. Agentlik suhbatdoshlari taʼkidlaganidek, 1-yanvar sanasi qaror qabul qilishning oxirgi muddati emas.
“Saudiya Arabistoni imtiyozlarni baholaydi va keyin qaror qabul qiladi”, — deya manbalardan biriga iqtibos keltirmoqda “Reuters”.
Yanvar oyi boshida Saudiya Arabistoni davlat televideniyesi qirollik rasman BRICSga aʼzo boʻlganini maʼlum qilgan, biroq keyinroq ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridagi xabarlarni oʻchirib tashlagan.
18-yanvar kuni qirollik savdo vaziri Majid al-Qasabiy Saudiya Arabistoni BRICS davlatlari blokiga hali rasman qoʻshilmaganini aytdi.
Oʻtgan avgust oyida Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan BRICS sammitida prezident Kiril Ramafosa tashkilot aʼzolari Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAAni BRICSga toʻlaqonli aʼzo boʻlishga taklif qilishga qaror qilganini aytgandi. Keyinchalik Argentina birlashishda tashkilotga aʼzo boʻlishdan bosh tortdi. Ramafosa eʼlon qilganidek, ushbu tashkilotda yangi mamlakatlarning toʻliq ishtiroki 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring