“Sarqamish” — qiyofasi yangilangan mahalla
Xoʻjaobod tumanidagi “Sarqamish” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Hududning infratuzilmasi yangilanib, koʻrkam qiyofasi yanada obod koʻrinish kasb etdi.
Ushbu manzilda yangi elektr va gaz tarmoqlari oʻrnatildi. 2,5 kilometr ichki yoʻllar tekislanib, ayrim koʻchalarga shagʻal yotqizildi. Shuningdek, 20 ta xonadon ichimlik suvi tarmogʻiga ulandi, 1 kilometr drenaj zovurlari tozalandi. Mahalladagi 2000 dan ziyod daraxtlarga shakl berildi va koʻchalar chiqindilardan tozalandi.

— Olib borilgan ishlar odamlarning kundalik hayotida katta qulaylik yaratdi, — deydi mehnat faxriysi Marhaboxon Sotvoldiyeva. —Avval yoʻllarimiz oʻydim-chuqur boʻlib, harakatlanish qiyin edi. Endi esa ravon boʻldi. Elektr va gaz taʼminoti yaxshilanishi bilan turmushimizda katta yengillik sezilyapti. Bu kabi ishlar aholi turmush tarzini tubdan oʻzgartirib yubordi.
Amalga oshirilgan bunday xayrli ishlar “Sarqamish” aholisi uchun nafaqat qulaylik, balki mahallaning yanada obod va koʻrkam boʻlishiga xizmat qilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring