Sardobada gaz quvurlari tartibga keltirilmoqda

17:06 05 Mart 2026 Jamiyat
441 0

Karmana tumanining Sardoba mahallasi “Obod shahar” dasturiga kiritilgan. Tabiiyki, qator obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, koʻchalar tartibga keltiriladi. Albatta, bunda bir paytlar nari-beri tortib tashlangan tabiiy gaz tarmoqlari xalaqit berishi yoki hech boʻlmaganda yarashmasligi mumkin. Shu bois mahallada “Karmanatumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi ishchi-xodimlari tomonidan diametri- 159 mm.li boʻlgan yuqori bosimli 200 metr gaz quvurlari demontaj qilinib, betartib turgan qoʻshqator gaz quvurlari yagona quvurga oʻtkazilmoqda.

— Mahallada 700 ta xonadon mavjud, — deydi tumangaz gaz taʼminoti boʻlimi xodimi Samad Rasulov. – Gazchilarimiz tomonidan ushbu aholi xonadonlari gaz taʼminoti tizimi uch bosqichlidan ikki bosqichliga oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar 200ta xonadonga gaz regulyatorlari oʻrnatilib, ikki bosqichliga oʻtkazildi. Shuningdek, 9,4 km. gaz tarmoqlari boʻyoqlanib, 15ta gaz taqsimlash qurilmalari demontaj qilindi.

Qoʻshimcha qilish joiz, mazkur tadbirlar asnosida barcha gaz tarmoqlari nazoratdan oʻtkazilib, aholining murojaatlari asosida gaz qurilmalariga profilaktik xizmat koʻrsatilmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер