Saraton, jigar, buyrak yetishmovchiligi… Plastik idishlar qanchalik xavfli?
Illyustrativ foto
Quyosh nuri taʼsirida plastik suv idishlaridan zararli uchuvchi organik birikmalarning (VOC) ajralib chiqishi maʼlum boʻldi. Bu koʻplab kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin. Mazkur tadqiqot natijalari haqida «Eco-Environment & Health» ilmiy jurnalida maqola chop etilgan.
Jinan universiteti qoshidagi Guangdong asosiy atrof-muhit ifloslanishi va salomatlik laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatdiki, quyosh nuri plastik idishlardan VOClarning ajralib chiqishiga sabab boʻladi.
VOClar inson salomatligiga zarar yetkazishi, xususan, bu esa vaqt oʻtishi bilan bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va hatto jigar hamda buyrak yetishmovchiligiga yoki saraton kabi jiddiy muammolarini keltirib chiqarishi ham mumkin.
Tadqiqot UV-A va quyosh nuri taʼsirida olti turdagi plastik suv idishlarini tahlil qildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, barcha shishalar alkanlar, alkenlar, spirtlar, aldegidlar va kislotalarni oʻz ichiga olgan VOC aralashmasini chiqaradi. Ushbu VOClarning baʼzilari, masalan, N-geksadekan juda zaharli va hatto kanserogendir.
Tadqiqotni olib borgan mashhur doktor Huase Ou ushbu emissiya bilan bogʻliq xavfning jiddiy ekanligini taʼkidladi. Uning aytishicha, quyosh nurining uzoq taʼsir qilishi ushbu zararli birikmalarning konsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Olimlar ushbu topilmalar sababli sanoatda plastik idishlarning ishlab chiqarishini kamaytirishga yoki zararini kamaytirish uchun maxsus ishlov berilishiga erishishmoqchi. Hozircha aniq takliflar mavjud emas. Shunga qaramasdan, ilmiy izlanishlar davom etyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring