Sanoat zonalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Hukumat qarori bilan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi canoat zonalari direksiyalari sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat koʻrsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish (sanoat ipotekasi) uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor boʻlib kirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom Oʻzbekistondagi sanoat zonalari direksiyalari sanoat zonalari ishtirokchilarining xizmat koʻrsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor boʻlib kirish tartibini belgilaydi.
Bildirilishicha, sanoat zonalariga ishtirokchilarning xizmat koʻrsatishni tashkil etish loyihalarini joylashtirish maqsadida tayyor bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalarining ijara huquqi bilan ulushdor boʻlib kirish qiymati 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan xizmat koʻrsatishni tashkil etish loyihalari uchun amal qiladi.
Xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga kiritish belgilangan yer uchastkasi direksiyaning mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Shuningdek, yer uchastkasining ijara huquqi qiymati shaklidagi direksiya ulushi xoʻjalik jamiyati ustav fondining 49 foizidan oshmasligi shart.
Xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi ishtirokchilarning birgalikda faoliyat yuritish shartlari investitsiya bitimida belgilanishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring