Sanoat oʻsishi uchun yangi imkoniyatlar va qoʻshimcha moliyaviy resurslar beriladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident oʻz Murojaatnomasida sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha katta rejalarni belgilab berdi.
Unda har bir tumanga 50 million dollar investitsiya olib kelish vazifasi qoʻyildi.
“Bu – har bitta tumanda qoʻshimcha kamida 5 mingta ish oʻrni va 20 milliard soʻm soliq tushumi paydo boʻladi, degani”, - dedi davlatimiz rahbari.
Bu ishlarni tizimli tashkil qilish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil qilindi.
Vazir Qudratov, hokimlar va tarmoq rahbarlari bu ishlarni toʻgʻri tashkil qilsa, 2023-yilda sanoatda oʻsishni 14 foizga olib chiqish mumkinligi taʼkidlandi.
Birinchidan, bank normativlari qayta koʻrib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qoʻshimcha 55 trillion soʻm resurslar taʼminlanadi. Bu – oʻrtacha bitta tumanda 20 million dollarlik investitsiyaga qoʻshimcha resurs, degani.
Eng avvalo, tijorat banklari bilan birga hokimlarni bu pullarni ishlatishga oʻrgatishi kerak. Koʻp tuman hokimlari tayyor mablagʻni ishlatishni hali bilmaydi, deb taʼkidlandi yigʻilishda.
Shu munosabat bilan har bir tuman boʻyicha qoʻshimcha loyihalar va ularning “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, avval ishga tushgan 807 ta loyiha hamda past quvvatda ishlayotgan 271 ta korxonani aylanma mablagʻ bilan taʼminlashga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring