Sankt-Peterburgda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdimoti oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasi Sharq qoʻlyozmalar institutida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan yaratilgan besh jildlik “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” kitobi taqdimoti oʻtkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbirda institut direktori Irina Popova, bir guruh tilshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Taqdimotda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ni yaratish boʻyicha olib borilgan izlanishlar, oʻzbek tilining xalqaro maydonda tutgan oʻrni va mohiyatini yuksaltirishda lugʻatning tutgan oʻrni haqida maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida Bosh konsulxona tomonidan institutga “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” taqdim etildi.
I.Popova “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” nusxalari uchun minnatdorlik bildirib, ushbu nashr dunyodagi eng boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili soʻzlari maʼnolarini yana-da teranroq anglashga yordam berishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring