Sanatoriy-kurort yoʻllanmalari kimlarga bepul beriladi?

Yurtdoshlarimizning salomatlik borasidagi madaniyati yuksalib bormoqda. Bu ularning tez-tez shifokorlar koʻrigidan oʻtib turishlari, aholi salomatligini tiklash maskanlariga borishlarida ham koʻrinmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufida boʻlgan sanatoriy-kurort xizmatidan bepul foydalanish uchun yoʻllanmalarning berilish tartibi toʻgʻrisidagi SSV Matbuot xizmatining savollariga vazirlik huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktor oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Bahodir Karimov javob berdi:
— Nogironlar va keksalarni vazirlik tasarrufidagi sanatoriy-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tuman va shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shoʻbalari orqali amalga oshiriladi. Sanatoriy yoʻllanmalari har yili navbat asosida quyidagi shaxslarga beriladi:
urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchilar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganlar;
shuningdek, yolgʻiz keksalarga sanatoriy yoʻllanmalari beriladi.
Ikki yilda bir marotaba navbat asosida esa:
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchilarga beriladi.
Shuningdek, sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda, navbat asosida, 3 yilda 1 marotaba yoshga doir pensionerlarga ham yoʻllanma berilishi mumkin.
— Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar yoʻllanmalarni olishi uchun qanday hujjatlar taqdim etishi zarur?
— Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar yoʻllanmalarni olishi uchun tuman yoki shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shoʻbalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
rahbar nomiga ariza;
pasport nusxasi;
imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat;
tibbiy xulosa.
Arizalar maxsus roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi. Yoʻllanmalar nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarga uning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin tibbiy xulosaga muvofiq beriladi.
Yoʻllanmalar faqat ularda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanib, kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
Shuningdek, yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Sanatoriyga bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi qabul qilinmaydi.
Sanatoriyga tashrif buyurgan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar oʻzi bilan birga yoʻllanmadan tashqari pasport va sanatoriy-kurort kartasini olib kelishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring