SamDUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

15:25 20 May 2024 Jamiyat
120 0

Foto: Shavkat AKRAMOV

«Antropogen landshaftshunoslik: tadqiqot metodlari, modernizatsiya va barqaror rivojlanish» mavzusidagi ushbu anjuman Oʻzbekistondagi «Antropogen landshaftshunoslik» ilmiy maktabi asoschisi, geografiya fanlari doktori, professor, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Ali Abdulqosimovning 90-yillik yubileyiga bagʻishlandi.

Nufuzli anjumanda Hindiston, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belorussiya davlatlaridan 50 ga yaqin olimlar ishtirok etdi.

Foto: Shavkat AKRAMOV

SamDU Axborot xizmati xabariga koʻra, Konferensiya yalpi majlisini Samarqand davlat universitet rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov kirish soʻzi bilan ochdi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning antropogen landshaftshunoslik maktabi asoschisi, professor Ali Abdulqosimovni 90-yillik yubileyi munosabati bilan yoʻllagan tabrigini viloyat hokimi oʻrinbosari Husan Toʻxtayev oʻqib eshittirdi hamda olimga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Foto: Shavkat AKRAMOV

Anjumanda Moskva davlat universiteti professori, geografiya fanlar doktori Viktoriya Bityukova, Tatariston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Yer osti boyliklaridan foydalanish, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi, geografiya fanlari nomzodi Marat Fasxutdinov, Germaniyaning А.Гумболдт nomidagi Berlin universiteti dotsenti Saveliy Kuzmin va bir qator xorijiy olimlarning maʼruzalari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер