SamDUda xalqaro akademiklar forumi oʻtkazildi
Foto: SamDTU Axborot xizmati
Samarqand davlat universitetida “Yashil energiyaning barqaror rivojlanishini jadallashtirish, oliy taʼlimning globallashuviga koʻmaklashish” mavzusida xalqaro akademiklar forumi boʻlib oʻtdi.
Samarqandda ilk bor oʻtkazilayotgan nufuzli anjuman Samarqand davlat universiteti va Xitoyning Sian Jiatong universiteti hamkorligida tashkil etildi. Xalqaro forumni Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov kirish soʻzi bilan ochdi.
Nufuzli forum ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Otabek Mahkamov, Energetika vazirining oʻrinbosari Umid Mamadaminov, Raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari Olimjon Umarov ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xabariga koʻra, forumning maqsadi ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali iqlim oʻzgarishi, aholining tez oʻsishi va qashshoqlik bilan kurashish kabi dolzarb muammolarga yechim topishdir. Tadbir ishtirokchilari, yashil energiyadan samarali foydalanish, taʼlim va fan sohasida kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflarini ilgari surdi.
Mazkur forumda oʻndan ortiq, fizik, matematik, biolog olimlar va nufuzli akademiklar maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Xitoyning Sian Jiaotong universiteti prezidenti, akademik Chjan Liqun, Sian transport universiteti elektronika va axborot muhandisligi fakulteti dekani, akademik Guan Xiaohun, Qirgʻiziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi, Xalqaro kosmonavtika akademiyasining akademigi Asilbek Aydarliyev, Qirgʻiziston Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi Kanatbek Aziz, Qozogʻiston Milliy universiteti Al-Farobi nomidagi tomir patologiyasi instituti direktori, professor Orabay Darmenov, OʻzRFA akademiklari Qodir Gʻulomov, Muhsinjon Ashurov, Qahramon Allayev, Sadriddin Turobjonov, Saidahmad Laqayevlar shular jumlasidandir.
Akademiklar forumi Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikning rivojida muhim bosqich boʻlib, tadqiqotlar va innovatsion yechimlar uchun yangi qadam boʻldi.
Forumda yashil energiya rivoji, ekologik barqarorlik, global va mintaqaviy muammolarga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqish kabi masalalar oʻrin oldi. Anjumanda akademiklar nazariy konseptlarni muhokama qilish bilan birga qurgʻoqchilik, iqlim oʻzgarishi va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyasi kabi dolzarb muammolarni hal qilish uchun amaliy yechimlarni muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring