SamDU talabalari xalqaro fan olimpiadasida bir oltin va ikki bronza medalni qoʻlga kiritdi

Foto: SamDU Axborot xizmati
Samarqand davlat universiteti(SamDU)ning matematika fakulteti magistranti, Ulugʻbek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Goʻzal Boboxonova hamda talaba Otabek Zaripov Turkmanistonda oʻtkazilgan matematika boʻyicha xalqaro fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
AQSH, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Eron, Belorus kabi davlatlardan 600 nafarga yaqin isteʼdod egasi qatnashgan mazkur olimpiadada ishtirokchilar individual va jamoaviy yoʻnalishlarda oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Individual bellashuvlarda Otabek Zaripov barcha raqiblaridan yaxshi natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Otabek Zaripov va Goʻzal Boboxonova jamoaviy bahslarda ham faol ishtirok etib, ikki bronza medalga egalik qildi. Talabalarga SamDU matematik fizika va funksional analiz kafedrasi dotsenti Shahzod Qurbonov rahbarlik qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring