Sambochilarimizdan tarixiy natija: yoshlarimiz jahonda umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi
Xabaringiz bor, shu yilning 15 — 17-oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahri sambo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.
Sayyoramizning eng kuchli terma jamoalari safida ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik sambochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Quvonarlisi, yakuniy natijalarga koʻra, yurtdoshlarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Musobaqaning soʻnggi kuni ham vakillarimiz uchun omadli keldi. Yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda -59 kg. vazn toifasidagi vakilamiz Azada Aymuratova kumush medalga sazovor boʻldi.
-71 kg. vaznda esa hamyurtimiz Musoxon Ziyadinovga munosib raqib topilmadi. U barcha raqiblarini magʻlub etdi va yakunda oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, bugungi bellashuvlarda -72 kg. vazn toifasidagi vakilimiz Begoyim Hayitova jamoamiz hisobiga bronza medalini qoʻshib qoʻydi.
Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz sovrindorga aylanishdi:
Oʻsmirlar oʻrtasida:
Oltin medal:
-53 kg.: Egambergan Iskandarov,
-79 kg.: Shahzodxoʻja Sharipov,
-50 kg.: Gulhayo Joʻrayeva,
Kumush medal:
-47 kg.: Eʼzoza Abdumoʻminova,
Bronza medali:
-64 kg.: Behruz Omonov,
-88 kg.: Mirjalol Normoʻminov,
-54 kg.: Shahzoda Azatova,
-65 kg.: Gulina Oblaqulova,
Yoshlar oʻrtasida:
Oltin medal:
-64 kg.: Shahriyor Mamatqulov,
-71 kg.: Musoxon Ziyadinov,
-50 kg.: Sabina Davlatova,
Kumush medal:
-58 kg.: Aʼzam Rashidov,
-59 kg.: Azada Aymuratova,
Bronza medali:
-98 kg.: Murod Erkinov,
+98 kg.: Dilrux Asliddinov,
-54 kg.: Gulchiroy Ismoilova,
-72 kg.: Begoyim Xayitova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring