Samarqandning beshta tumanida “Erta rivojlantirish markazi” tashkil etiladi

12:16 24 Fevral 2025 Jamiyat
118 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatida shu paytga qadar Toyloq pedagogika kolleji negizida “Erta rivojlantirish markazi” tashkil etilgan edi. Joriy yilda Toyloq, Ishtixon, Pastdargʻom, Bulungʻur va Oqdaryo tumanlarida ham shunday markazlar ochiladi.

— Ushbu markazlarga kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalar qamrab olinadi, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Zayniddin Joʻrayev. — Oʻtgan yil davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, ehtiyojmand oila vakillarining 5271 nafar farzandlari ota-onalarning oylik badal toʻlovidan ozod qilingan. Bir oiladan ikki va undan ortiq bolalarning ota-onalar toʻlovi 29 foizgacha kamaytirilgan.

2024-yili viloyatda Investitsiya dasturi asosida 27 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi. Yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni ham koʻpaydi.

Viloyatda joriy yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar orqali 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrovini 72,1 foizdan 75,6 foizga yetkazish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?