Samarqandliklar ovoz berish jarayonida faollik koʻrsatmoqda

10:14 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
459 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududidagi 1111 saylov uchastkalarining barchasida bugun ertalab soat 8.00 da ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda.

Saylovchilarning elektron roʻyxati asosidagi oxirgi maʼlumotlarga koʻra, okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy soni 2 million 194 ming 392 nafarni, jumladan, birinchi marta saylovda qatnashuvchi yoshlar 151 ming 676 nafarni tashkil etmoqda.

Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida ham davlat madhiyasi ijro etilgandan soʻng, ovoz berish jarayonlari aholining faol ishtirokida boshlandi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyatning ikkinchi va toʻrtinchi sektor rahbarlari bilan birga mazkur uchastkaga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.

- Prezident saylovi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan siyosiy tadbir, - dedi E.Turdimov. - Shu jihatdan bu saylovda ishtirok etish barchamizning konstitutsion huquqimiz, xalqimiz, oilamiz oldidagi burchimizdir. Ishonamanki, samarqandliklar ovoz berish jarayonlarida faollik koʻrsatadi.

A. Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?