Samarqanddagi Siyob kanalida antiqa suv oqmoqda (foto, video)

Samarqand shahrini kesib oqib o‘tuvchi Siyob kanalida sutday oq va to‘q yashil rangli o‘tkir, badbuy hidli suv oqib kelmoqda. Bu haqda viloyatdagi mobil muxbirimiz xabar berdi.
Manbaning yozishicha, Konigil, Galaosiyo, Ulug‘bek observatoriyasi va Doniyor payg‘ambar majmuasi oldidan oqib o‘tuvchi mazkur kanal atrofida yashovchi aholi hamda hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu vaziyatdan aziyat chekyapti.
Qayd qilinishicha, bu holat tez-tez takrorlanmoqda va suv zaharli bo‘lishi mumkin.
Mazkur vaziyat yuzasidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul idora mutassaddilaridan izoh kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring