Samarqanddagi «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi
Foto: Madaniy meros agentligi
Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.
Ushbu yodgorlik – Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. Oʻrganish natijasida arxeologik yodgorlikning gʻarbiy tomonidan uzunligi 120 metr eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olinganligi aniqlandi. Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni toʻxtatildi va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berildi. Arxeologiya obyektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd. soʻm etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Koʻrilgan chora yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring