Samarqanddagi mahallalarda xavfsiz muhit yaratish holati oʻrganilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda. Bundan koʻzlangan maqsad davlatimiz rahbarining shu yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini amaliyotga izchil tatbiq etishdan iborat.
Ichki ishlar vaziri Urgut tumani Mergancha mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek, tartibli mehnat migratsiyasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Ishchi guruh tomonidan mahallada ish uslubi samarasiz tashkil etilgani, profilaktika inspektorining ishlari qoniqarsiz ekanligi bois mahalla “qizil” toifaga tushib qolganligi tanqid qilindi.
Tuman sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbarining qarori mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan fikrlar bildirilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
P.Bobojonov Toyloq tumani Charogʻbon mahallasida ham boʻlib, tuman sektor rahbarlari ishtirokida mazkur hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, ijtimoiy koʻmakka muhtoj shaxslarga manzilli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Muloqot davomida huquqbuzarliklar profilaktikasini “Yoʻl xaritasi” asosida toʻliq ijro etish hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, yangi ish oʻrinlari yaratib, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarni bandligini taʼminlash boʻyicha masʼullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Pastdargʻom tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Oʻtgan yili viloyat uchinchi sektori tomonidan “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezoni asosida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan Goʻzalkent mahallasida tuman sektor rahbarlari, “mahalla yettiligi” va boshqa masʼullar ishtirokida “Namunali xavfsiz koʻcha“ va “Namunali xavfsiz yoʻlak“ joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Respublika ishchi guruhi tumanda “Xavfsiz bozor” namunasini yaratish, videokamera, signalizatsiya, tashvish tugmasi, xavf-xatardan xabar beruvchi uskuna, avtoturargoh tashkil etish boʻyicha Pastdargʻom tumanidagi “Juma dehqon bozori”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ishchi guruh tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida Prezident qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijrosini taʼminlash ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring