Samarqanddagi fermer xoʻjaligi Afgʻonistonda savdo markazi ochdi

15:43 17 Iyun 2022 Jamiyat
730 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand tumanidagi “Navobod naslli parranda” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida ayni paytda 500 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Bu yerda parvarishlanayotgan parrandalar soni 300 mingtaga yetgan.

Xoʻjalik tomonidan ichki bozorga naslli broyler joʻjalar, parranda goʻshti, parranda uchun omixta yem mahsulotlari yetkazib berilyapti. Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida 13,5 million AQSH dollari miqdorida parranda goʻshti va omixta yem Rossiya, Tojikiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston hamda Qozogʻiston davlatlariga eksport qilindi.

— Deyarli barcha viloyatlarda savdo markazlarini tashkil etganmiz va aholi xonadonlari uchun bir kunlik naslli broyler joʻjalar ham yetkazib berilmoqda, — deydi “Navobod naslli parranda” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi rahbari Haydar Oʻroqov. — Yaqinda qoʻshni Afgʻonistonda savdo markazimizni ochdik. U yerda naslli joʻjalar va parranda uchun omixta yem sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.

Fermer xoʻjaligining 105 gektar yerda tokzori ham bor. Bunda yetishtirilayotgan oq kishmish navli uzum qayta ishlash sexida zamonaviy texnologiya asosida quritilib, qadoqlangan holda eksportga yoʻnaltiriladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер