Samarqandda yuz bergan YTHda talaba yigit halok boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida inson oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, hodisa oqibatida SamDUning 4-bosqich talabasi halok boʻlgan.
Keyinchalik Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashining Telegram kanalida talaba yigitning vafoti yuzasidan taʼziyanoma eʼlon qilindi. Unda qayd etilishicha, marhum tashkilotning pedagogik taʼlim yoʻnalishi koordinatori boʻlgan.
Viloyat YHXBning maʼlumot berishicha, joriy yilning 21-may kuni soat 23:30 atrofida Talabalar xiyoboni koʻchasidagi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan D.E.ni Nexia-2 avtomashinasi urib ketgan.
Talaba yigit shahardagi tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo, u olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz nashrining ijtimoiy tarmoqdagi izohlarga tayanib yozishicha, talaba yigitni poyga uyushtirgan mashinalardan biri urib yuborgan boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring