Samarqandda yana kotlovan notoʻgʻri kovlanishi oqibatida qoʻshni uy qulagani aytildi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda kotlovan notoʻgʻri kovlanishi oqibatida qoʻshni uy qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi, izohlarda esa hodisa Samarqand viloyatida sodir boʻlgani yozilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga koʻra, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir boʻlganini izohlovchi biror maʼlumot keltirilmagan.
“Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida soʻzlashayotganini ham eshitish mumkin”, deyiladi xabarda.
Tezkor oʻrganish ishlari davomida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bogʻliq hodisa roʻy bermagani aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qoʻshni uy qulab tushgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring