Samarqandda “Womenʼs Chess Championship” uchinchi xalqaro turniri yakunlandi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Mukofot jamgʻarmasi 50 ming dollar boʻlgan turnirda 14 davlatdan 150 nafarga yaqin shaxmatchi xotin-qizlar bosh sovrin uchun kurashdi. Unda FIDE reytingida 1800 dan yuqori boʻlganlar “A” guruhida, reytingi 2000 va undan past darajadagilar “B” guruhida dona surdi.
Musobaqada polshalik Alisya Slivichka 7,5 ochko toʻplab 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Sovrinli oʻrinlar 7 ochkoli Anna Shuxman, 6,5 ochkoli Polina Shuvalovaga nasib etdi.
Hamyurtimiz Umida Omonova 5-pogʻonadan joy oldi. Terma jamoamiz aʼzolaridan Guldona Karimova va Afroʻza Hamdamova 5,5 ochko bilan 11-12-oʻrinlarni, Nilufar Yoqubboyeva 5,5 ochko bilan 16-oʻrinni band etdi.

Xalqaro turnirning “B” guruhida 80 nafar xotin-qiz dona soʻrgan boʻlsa, ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Maftuna Mamatqulova 8 ochko bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Robiyaxon Sardorova 7,5 ochko bilan 2-oʻrinni, 7 ochkoli Shahina Ahmedova 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, 6,5 ochko jamgʻargan iqtidorli shaxmatchi-qizlarimizdan Malika Jumayeva, Aziza Tursunova, Gulxumor Najmitdinova, Mohinur Hikmatxonova kuchli oʻnlikni band etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring