Samarqandda velosipedchini yuk mashinasi, undan soʻng “Damas” bosib ketdi

19:10 02 Fevral 2026 Jamiyat
414 0

Foto: Samarqand YHXB

Samarqand viloyati Toyloq tumanida velosipedchi ketma-ket ikki mashina bosib ketishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 29-yanvar kuni soat 18:20 larda Toyloq tumani “Jumabozor” MFY hududidan oʻtgan D-069 avtomobil yoʻlining 12-kilometrida roʻy bergan. Toyloq–Urgut yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini shu yoʻnalishda kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk transport vositasi urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda velosipedchi yoʻlga yiqilgan. Shundan soʻng, “Isuzu”ning ortidan harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasi yoʻlda yotgan fuqaroni bosib ketgan.

Qayd etilishicha, velosipedchi voqea joyida halok boʻlgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?