Samarqandda sodir boʻlgan YTHda “Nexia-2” toʻliq yonib ketdi
Foto: Samarqand YHXB
Samarqand shahrida yonilgʻisi tugab, toʻxtab qolgan “Volga”ga urilgan “Nexia-2” yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 4-sentyabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Boʻstonsaroy koʻchasida sodir boʻlgan. “Nexia-2” rusumli avtomashina harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng tomonida yonilgʻisi tugab, toʻxtab turgan “Volga”ning orqa qismiga kelib urilgan.
Oqibatda “Nexia-2” mashinasida yongʻin sodir boʻlgan. Alanga zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Qayd etilishicha, yongʻin tufayli tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.
“Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida ustunga urilgan “Cobalt” yonib ketgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring