Samarqandda “shaxmat kafesi” ish boshladi
Koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Chess cafe” oʻz faoliyatini boshladi. Shaxmat kafesini ochish tashabbusi mahalliy tadbirkor Komiljon Neʼmatovdan chiqdi.
— “Chess cafe“ni ochish gʻoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi «Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori eʼlon qilinganidan keyin tugʻildi. Bu joyda siz shaxmat oʻynashingiz hamda mazali uygʻur va milliy taomlarni tatib koʻrishingiz mumkin, — dedi tadbirkor Komiljon Neʼmatov.
Mazkur kafe shaxmat ixlosmandlariga moʻljallangan boʻlib, “Chess cafe«ning interyeri sizga uydagi muhitni taqdim etadi. Bu yerda siz ishdan keyin miriqib shaxmat oʻynashingiz hamda kechki nonushtaga mazali taomlarni tanovul qilishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu kafeda shaxmat boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, shaxmat darslari va turli partiyalarni tahlil qilish uchun maxsus joylar ham koʻzda tutilgan.
Bir soʻz bilan aytganda, “Chess cafe«da shaxmat ixlosmandlari aql gimnastikasining sehrli olamiga sayohat qilishlari mumkin!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring