Samarqandda qurilish, uy-joy va suv taʼminotidagi qonunbuzilishlar bartaraf etildi
2025-yilning birinchi yarmida Samarqand viloyatida qurilish, koʻp kvartirali uy-joy fondi va suv taʼminoti sohalarida keng qamrovli tekshiruvlar oʻtkazildi.
Qurilishda — 2 925 ta obyektda 18 mingdan ortiq monitoring oʻtkazilib, 10 mingdan ziyod koʻrsatma berildi. Sifatsiz ishlar aniqlangan 524 holatda qurilish buzdirildi, 544 holatda maʼmuriy jarima qoʻllanildi. 4 ta tashkilot litsenziyasidan mahrum etilishi uchun taqdimnoma kiritildi.
Uy-joy fondida — 1 393 ta uy tekshirilib, 197 ta qonunbuzilish qayd etildi. Yer toʻla va umumiy hududlarda 57 ta noqonuniy qurilish aniqlandi.
Suv taʼminotida — 257 ta inshoot tekshirilib, 145 ta kamchilik topildi. 240 ta noqonuniy ulanish va 9 ta hisoblagich koʻrsatkichini oʻzgartirish holati fosh etildi. Korxonalarga 11,6 mlrd soʻmlik qoʻshimcha toʻlov hisoblandi, 11 ta holat huquqni muhofaza organlariga yuborildi.
Inspeksiyaga koʻra, barcha qonunbuzilishlar bartaraf etildi va masʼullarga qoidabuzarlikka yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ogohlantirish berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring