Samarqandda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan tuman ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish sohasida nazorat inspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.G” MCHJ mas’ul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz “Kumushkent” va “Xalqobod” MFY chegarasidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi muhofaza zonasi hududidan “SANY” rusumli ekskavator yordamida jami 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘al xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari B.E. “Zarafshon” massivi hududidan baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish uchun ajratilgan 11 gektar yer maydonidan hech qanday hujjatsiz jami 9,5 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olganligi, shuningdek tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulanib, 177,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring