Samarqandda oʻquvchining onasi maktabda janjal koʻtardi
Foto: Qalampir.uz
Samarqand viloyatidagi maktablardan birida oʻquvchining onasi maktabga kelib, janjal koʻtardi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea 2025-yil 22-fevral kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 44-umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 8-sinf oʻquvchisining ota-onasi sinf rahbari tomonidan chaqirtirilgan.
Rahbar oʻquvchining onasiga farzandining xulq-atvori va tarbiyasiga eʼtiborli boʻlishi kerakligini aytgan vaqtida u xonadagi oʻqituvchilarga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgan va ularni haqoratlagan.
Shu vaqtning oʻzida tuman IIB, milliy gvardiya xodimlari chaqirtirilgan va holat sudga oshirilgan.
“Sud jarayoni davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
- Qiyinchiliklarda toblangan, ichki kuch va ogʻriqlarni jilovlay olgan — “Inson”
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring