Samarqandda  ona va bolalarning is gazidan vafot etishi sababi ochiqlandi

11:02 02 Noyabr 2021 Jamiyat
1352 0

Yaqinda Urgut tumani Chumchuqli mahallasida ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazi tufayli vafot etganidan xabaringiz bor. Xoʻsh, bu fojeaga aslida nima sabab boʻlgan?

Holat yuzasidan Urgut tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Dilmurod Sanaqulovning maʼlum qilishicha, 2021-yil 28-oktyabrdan 29-oktyabrga oʻtar kechasi ayol isitish pechida tappi va koʻmir kukuni aralashmasidan tayyorlangan tezak yoqqan. Ammo pech moʻrisi qurum bilan toʻlib qolgani, isitish pechi esa tozalanmay yoqilgani oqibatida is gazidan zaharlanish kelib chiqqan.

Shu oʻrinda aytish kerakki, mutasaddilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, OAV orqali, shuningdek, turli tashkilotlar va mahallalarda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilyapti. Ammo shunga qaramasdan, odamlar hamon uy isitish pechlarini yoqishda ularning sozligiga, moʻrilarni tozalash ishlariga eʼtiborsiz boʻlishi xunuk oqibatlarga olib kelmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?