Samarqandda nemis millatiga mansub 100 dan ortiq aholi yashaydi
Bugungi kunda Samarqand shahridagi “Doʻstlik uyi”da viloyat nemis milliy madaniy markazi faoliyat olib bormoqda. Samarqand viloyatida nemis millatiga mansub 100 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular orasida tadbirkorlar, oʻqituvchi, quruvchi, shifokor va boshqa kasb egalari bor.
Ona Vatan yurakda boʻladi. Turli millat va elatlarga bagʻrini ochadigan makonda ogʻa-ini, doʻst-birodar, quda-anda, bir xalq boʻlib, ahillikda umrguzaronlik qilib kelyapmiz. Shu sabab ham bir ezgu maqsad atrofida darrov birlashamiz.
Samarqand viloyat nemis milliy madaniy markazi Hukumatimiz va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan nemis tilidagi gazeta va jurnallar, kitob va boshqa oʻquv qurollari bilan taʼminlangan. Farzandlarimiz ular bilan tanishib, nemis xalqi madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini oʻrganishmoqda. Shuningdek, oʻnlab yoshlarimiz markazda tashkil etilgan toʻgaraklarda nemis tili bilan birga Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, milliy liboslar bichish va tikishni oʻrganib borishadi.
Yurtimizda keng nishonlanadigan Mustaqillik, Navroʻz, Konstitutsiya bayramlarida, festivallarda nafaqat ashula va raqs guruhimiz, balki shtrudel, revalkuxe, pudelsup kabi nemis milliy taomlari bilan ham ishtirok etamiz.
Markaz aʼzolari mamlakatimizdagi boshqa nemis milliy madaniy markazlari vakillaridan tashqari Germaniyada yashovchi nemislar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatishgan.
“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi hamjihatlik, hurmat, bagʻrikenglik gʻoyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Natalya Kayzer,
Samarqand viloyat nemis milliy madaniy markazi vakili
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring