Samarqandda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holati qayd etildi
Samarqand viloyatining ikki tumanida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda “F.M.” xususiy korxonasi rahbari Z.A. va boshqalar tijorat banki filialidan un va qurilish mahsulotlari sotib olish uchun ajratilgan 1,5 milliard soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.F.” MCHJ rahbari Gʻ.M. tijorat banki filialidan ajratilgan 1,1 milliard soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini maqsadsiz ishlatib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring