Samarqandda In-vitro laboratoriyasi va gidroponikali issiqxonalar ochildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish borasida Janubiy Koreya Respublikasi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi, Koreya qishloq hududlarni rivojlantirish korporatsiyasi bilan hamkorlikda besh yillik loyiha imzolagan. Loyiha doirasida institutda gidroponik-issiqxona, In-vitro laboratoriyasi va omborxonalar qurildi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlaridan mehmonlar ishtirokida In-vitro laboratoriyasi va gidroponikali issiqxonalarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Institutdagi gidroponikali issiqxonaga koreyalik mutaxassislar, institut olimlari va tadqiqotchilar birgalikda dastlabki mikrotuganaklarni ekishdi, — dedi institut rektori Shavkat Hasanov. — Dastlabki, tadqiqotlarda respublikamizda keng tarqalgan 3 ta nav, jumladan, “Pikasso”, “Sante” va “Nevskiy” navlari sinovdan oʻtkazilmoqda. Kelgusida ushbu markazda intensiv usulda respublikamiz iqlim sharoitiga mos navlarni va ularning sogʻlom yuqori sifatli urugʻlarini ishlab chiqish hamda sohada kadrlar salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.
— Chetdan keladigan kartoshka urugʻchiligini Oʻzbekistonda yetishtirish maqsadida ushbu loyihani boshladik, — dedi Xalqaro bogʻdorchilik instituti direktori, professor Lee YB. — Maqsadimiz kartoshka urugʻchiligi borasida salohiyatli kadrlarni yetishtirishdan iborat. Samarqand sharoiti kartoshka yetishtirishga mos hudud. Institutning yetuk olimlari va tadqiqotchilari bilan zamonaviy issiqxonalarda tadqiqotlar olib boryapmiz.

— Bir gektar kartoshkadan olinayotgan hosildorlik bizda 17-18 tonna atrofida edi, — dedi institut kafedra mudiri, professor Sobir Sanayev. — Shu kecha-kunduzda respublikada bir gektardan olinayotgan hosildorlik 30 tonnagacha koʻtarildi. Bu kartoshka ekinida olib borilayotgan tadqiqotlar va ilmning natijasidir. Bugungi kunda xorijdan keltirilayotgan kartoshka urugʻlarining bir kilogrammi oʻrtacha 15-20 ming soʻmni tashkil qilsa, 1 gektar yerga 3,5-4 tonna urugʻ ekilishini hisobga olsak, bu 70 million soʻm boʻladi. Xorijdan olib kelayotgan kartoshka urugʻlarini arzonlashtirish va dehqonlarning daromadini oshirish maqsadida kartoshka urugʻchiligini oʻzimizda tayyorlashni maqsad qilganmiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring