Samarqandda gaz quyish shoxobchasida “ZIL” portladi. Qurbonlar bor

Samarqand viloyati Urgut tumanida “ZIL” portlashi oqibatida haydovchi va shoxobcha ishchisi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, portlash 14-iyun kuni soat 17:40 atrofida sodir boʻlgan. Unda fuqaro A. boshqaruvida boʻlgan suyultirilgan gaz tashuvchi “ZIL-138 GBA SNG” tumanning Kenagas mahallasi hududida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasiga gaz tushirayotgan vaqtida yuz bergan.
Hodisa oqibatida haydovchi va gaz shoxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida halok boʻlgan. Portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring