Samarqandda bogʻdan olma oʻgʻirlagan bolalarni kaltaklagan erkak “samosud” qilindi
Foto: Videodan kadr
Samarqandda erkak bogʻdan olma oʻgʻirlagan bolalarni arqon bilan bogʻlab haqorat qildi va urib, tan jarohati yetkazdi. Shundan soʻng uning oʻzi ham “samosud” qilindi. Viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Saʼdullayevning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Bildirilishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro joriy yilning 6-iyul kuni Samarqand viloyati Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda bolalari qishloqdoshi T.Oʻ.ning bogʻidan olma oʻgʻirlagani uchun kaltaklangani va arqon bilan bogʻlab qoʻyganini bildirib, T.Oʻ.ga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Shuningdek, shu yilning 8-iyul kuni bogʻ egasi T.Oʻ. ham tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda u oʻziga tegishli olma bogʻida mevalarni oʻgʻirlayotgan voyaga yetmagan bolalarni ushlab olgani va ularni chaylasiga olib kelib, oʻgʻrilik qilgani uchun ogʻzaki koyib, tanbeh berganini bildirgan.
Unga koʻra, shundan soʻng bolalardan birining otasi bogʻga kelib, T.Oʻ.ni urib tan jarohati yetkazgan, qoʻl va oyoqlarini arqon bilan bogʻlab “samosud” qilgan.
Manbaning qoʻshimcha qilishicha, jabrlanuvchi arizasida tuman IIBdan yuqoridagi holat boʻyicha qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
“Mazkur holatga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi IIB matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring