Samarqandda aholi koʻchib oʻtgan binoning 2 ta qavati olib tashlanadi — Qurilish vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy koʻchasi 84-manzilda qurilgan yangi koʻp qavatli uyda qurilish-taʼmirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholisi binoga koʻchib oʻtganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, allaqachon buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar qurilgan uyni oʻzlari qaytadan taʼmirdan chiqarganliklari toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi.
Samarqand shahar Firdavsiy koʻchasi 84-manzilda joylashgan koʻp qavatli bino “Pastdargʻom qurilish mollari” MCHJ tomonidan qurilgan. Bino 104 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylarini sotib olib, oʻrniga pishiq gʻishtdan 9 qavatli uy-joy qurilgan. Binoda 534 ta xonadon mavjud boʻlib, 392 tasi sotilgan.
Samarqand shahar hokimining qaroriga asosan koʻp qavatli bino qurilish ishlari olib borilgan. “ToshboshplanLITI” tomonidan koʻp qavatli turar joy binosi uchun xulosa berilgan. Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. 2017-yilning 22-avgustdagi 4-sonli Arxitektura shaharsozlik kengashining bayonida koʻp qavatli turar joy binosi qurilishi maʼqullangan. 2017-yilning 24-avgustda davlat ekspertizaning 1019-2017-sonli koʻp qavatli turar joy binosini qurish boʻyicha tegishli xulosasi olingan. Qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun Qurilish nazorat inspeksiyasidan 2017-yilning 4-sentyabrda 794/17-sonli ruxsatnoma olingan.
Qurilish-montaj ishlari Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2017-yilning 4-sentyabrdan 794/17-son bilan roʻyxatga olingan va nazorat ishlari olib borilgan. Obyekt qurilishi Respublika Ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilgan hamda obyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muhofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 7-qavatdan yuqori qismi 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yashayapman, oʻzbekcha gapiryapman — Ortiqxoʻjayev ruscha gapirishini soʻragan fuqaroga javob qaytardi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- UFC prezidenti Habib Nurmagomedov borasida muhim qarorga kelinganini maʼlum qildi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- “UzAuto Motors” Spark, Nexia, Cobalt va Lacettiʻga shartnoma berishni toʻxtatdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring