Samarqandda 4 holatda uylarning konstruksiyasiga shikast yetkazilgani aniqlandi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida yuqoridagi holatlar maʼlum boʻldi.

Xususan, Samarqand shahrining Rudakiy koʻchasida joylashgan 179-“A” sonli koʻp qavatli uyning tom qismida oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu qurilish koʻp qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan boʻlib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.

Holat viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, oʻzboshimchalik bilan olib borilayotgan qurilish bartaraf etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring