Samarqandda 26 kishi xot-dogdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi

Samarqand shahrida 26 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Manba bergan xabarga koʻra, murojaat qilganlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ayni paytda bemorlarga kerakli muolajalar qilinmoqda.
Bemorlarning baʼzilari ahvoli nisbatan ogʻir ekani aytilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bemorlar shaharning Sartepo massivida joylashgan dehqon bozori yaqinidagi fast-fud taomlar tayyorlaydigan tamaddixonasida xot-dog isteʼmol qilgan boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu borada batafsil maʼlumot tez orada eʼlon qilamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring