Samarqandda 20 yoshli qiz oʻzini 9-qavatdan tashlab halok boʻldi

17:32 24 Fevral 2025 Jamiyat
276 0

Videodan kadr

Samarqand shahri Mirzo Bedil mahallasida yashagan 20 yoshli qiz oʻzini yuqori qavatdan tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 19-fevral kuni soat 17:00 da sodir boʻlgan. 2005-yilda Ishtixon tumanida tugʻilgan M.S. buvisining uyi derazasidan (9-qavat) oʻzini pastga tashlab, joniga qasd qilgan. Maʼlum boʻlishicha, qiz voqea joyida halok boʻlgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilib, marhum M.S.ning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Uning telefoni oʻrganish uchun Kiberxavfsizlik markaziga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер