Samarqandda 16 ming qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Illyustrativ foto
Samarqandda 523,8 million soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanidagi “B.S.” MCHJ rahbari B.N. “Goʻzal” MFY hududidagi savdo doʻkonida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 523,8 million soʻmlik qalbaki aksiz markali 4086 dona alkogol va 16 065 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Avvalroq, 27-may kuni ham Departamentning Ellikqalʼa tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.D. va R.Sh.ning xonadoni koʻzdan kechirilganda, alkogol mahsulotlarini qoʻlbola usulda tayyorlayotganligi aniqlanib, ulardan 820 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotlari, 2 916 dona qopqoqlar, 22 688 dona “QR kod” qogʻozlari, 1 980 dona boʻsh shisha idishlar, 1 370 dona qalbaki aksiz markalar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar olingani haqida xabar qilingandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring