Samarqandda 150 ta mehmonxona oʻz faoliyatini boshladi

16:25 20 Avgust 2020 Welcome to uzbekistan
1345 0

Samarqand viloyatida 30 ga yaqin ziyoratgoh, tarixiy obida hamda muzeylar karantin qoidalariga rioya qilgan holda ish boshladi. Shuningdek, 150 ta mehmonxona maxsus yoʻriqnoma qoidalariga amal qilib, faoliyatini boshladi. 

Maxsus yoʻriqnomaga koʻra, binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy oʻlchash va dezinfeksiyalashni yoʻlga qoʻyish, mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyatini taʼminlash, mehmonlarni xonalarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni uch nafardan, boshqa mehmonlar soni ikki nafardan oshmasligi, umumiy faoliyat koʻrsatuvchi obyektlar har kuni kamida ikki marotaba shamollatilishi va dezinfeksiyalanishi lozim. Shu kabi oʻndan ziyod talablar asosida faoliyat koʻrsatishi belgilangan.

Shuningdek, mehmonxonalarda barcha turdagi ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi taqiqlanadi, umumiy ovqatlanish nuqtalari (restoran, bar, kafe) va SPA xizmatlari (basseyn, mashgʻulot zali, massaj) koʻrsatilishi taqiqlanadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер